Assalomu alaykum azizlar!
Bugun balish somsa qildik.
Bu taomni ham hamma har xil usulda tayyorlaydi. Bu usulda xamiri juda yaxshi sha Alloh.
Kerakli masalliqlar;
🍔🍔🍔🍔🍔🍔🍔🍔🍔🍔🍔🍔🍔
250 gr margarin
Un ( taxminan - 800 - 900 gr)yumshoq xamir bo’lguncha
2 osh qoshiq qo’y yog’i
2 osh qoshiq o’simlik yog’i
400 ml qatiq
1 choy qoshiq osh sodasi
Ustiga surtishga tuxum sarig’i
Xoxishga ko’ra sedana
Tayyorlanishi ;
Idishga uy haroratidagi margarinni , qo’y yog’i , salat yog’ini solib ustiga 2 srakancha un solib uqalaymiz. Ustidan muzdek ( xolodilnikda turgan)
qatiqni ustiga soda solib aralashririb unli massaga solamiz va yaxshilab aralashtirib tana oz - ozdan un solib xamir xoliga keltiramiz. O’rtacha yumshoqlikda xamir bo’ladi. (Un elangan bo’lsin)
Va xamirni 2 ga bo’lamiz . Biri katta , b