O‘qituvchiga maosh, o‘quvchiga joy yetishmaydi - “yangi” O‘zbekiston maktablarining eski muammosi

Президент Миррзиёевнинг тўнғич қизи ва ёрдамчиси Саида Мирзиёеванинг айтишича, Ўзбекистон мактабларида 1 миллион 200 мингта ўқувчи ўрни етишмайди. Мирзиёевага кўра, янги қурилаётган мактаблар “туғилаётан болалар сонига етолмаяпти”. Ўзбекистонда амалдорлар кўплаб муаммоларга туғилишни сабаб қилиб келтириши янгилик эмас. Нафақат бу, Мирзиёева тилидан янграган рақам ҳам янгилик эмас. Икки йил аввал ҳам расмийлар худди шу рақамни тилга олишганди. “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳасида “Йилига 500 минг ўқувчи ўрни” дастури амалга оширилиши ва унинг доирасида 2023/2024 ўқув йилида 500 минг янги ўқувчи ўрни ташкил этилиши эълон қилинган. Аммо ҳануз мактабларда ўқувчи ўрни етишмаслиги, ўқитувчилар маоши камлиги ва таълим сифати муаммолигича қолмоқда. 🔴 kanaliga obuna bo’ling! 🔴 Bizga xabar yo’llash uchun 👉 @ozodnews Prezident Mirrziyoyevning to‘ng‘ich qizi va yordamchisi Saida Mirziyoyevaning aytishicha, O‘zbekiston maktablarida 1 million 200 mingta o‘quvchi o‘rni yetishmaydi. Mirziyoyevaga ko‘ra, yangi qurilayotgan maktablar “tug‘ilayotan bolalar soniga yetolmayapti”. O‘zbekistonda amaldorlar ko‘plab muammolarga tug‘ilishni sabab qilib keltirishi yangilik emas. Nafaqat bu, Mirziyoyeva tilidan yangragan raqam ham yangilik emas. Ikki yil avval ham rasmiylar xuddi shu raqamni tilga olishgandi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi amalga oshirilishi va uning doirasida 2023/2024- o‘quv yilida 500 ming yangi o‘quvchi o‘rni tashkil etilishi e’lon qilingan. Ammo hanuz maktablarda o‘quvchi o‘rni yetishmasligi, o‘qituvchilar maoshi kamligi va ta’lim sifati muammoligicha qolmoqda. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #uzbekistan #maktab #mirziyoyev
Back to Top