TIYN SURASI 1-8
surasi
Bu sura sakkiz oyatdan tashkil topgan bo’lib, Makkada nozil qilingan.
Unda Alloh taolo yaratgan eng go’zal va mukammal xilqat inson ekanligi, lekin ayrim kimsalar kufru-isyon botqog’iga botib, pastlarning pastiga aylanib qolishlari, bu hayoti-dunyodan iymon va ezgu amallar bilan yashab o’tgan insonlar esa beadoq ajr-mukofotlarga ega bo’lishlari haqida so’z boradi.
Sura o’zining ilk oyati bilan «Vat-Tiyn — Anjir mevasiga qasam», deb nomlangandir.