Orol dengizi. Hujjatli film / The Aral Sea. Documentary (ENG subtitles)

“ULAR“ loyihasining bu galgi maxsus soni Orol dengizi haqida. Ushbu hujjatli filmda Orol dengizining qurishi, uning bugungi holati, Mo‘ynoq tumanidagi vaziyat yoritilgan. Biz muammoning ko‘lamini aniq tushuntirish uchun aholining yashash tarzi, salomatligi, kundan-kunga quriyotgan dengiz va bu vaziyatga aynan nima sabab bo‘lganligi haqida fojiani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, tanasida his qilayotganlar bilan suhbatlashdik. Asosiy maqsadimiz Orol dengizi misolida ekologiyaga befarq bo‘lmasligimiz kerakligini eslatishdan iborat. “Ular“ loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram - Instagram - Facebook - TikTok - Qulaylik uchun time-kodlar: 00:00 Biz boshladik! 1:13 Nima uchun bu yerdamiz? 1:39 Orol va uning fojiasi haqida 4:07 Mo‘ynoq tumaniga sayohat 5:12 “Orolda baliq ovlaganlar “frontovik“day bir gap...“ Baliqchi Ali Shaddinov bilan suhbat 8:53 Uchsoy - baliqchilar qishlog‘i 9:43 Uchsoyda Navro‘z bayrami 11:35 Orolda teploxot haydovchisi bo‘lgan Janahmet og‘a bilan suhbat 14:32 “Orol quriyotganini baliqchilar sezmagan!“ 15:59 Mahalliy aholining o‘rtacha umr ko’rish yoshi qisqargan. 16:18 Shifokor Jamilya Davletova mahalliy aholi salomatligi haqida 18:25 “Chaqaloqlarning 87% kamqonlikdan aziyat chekmoqda!“ 19:18 Kemalar qabristoni 20:11 Metallomga topshirilgan kemalar 21:07 Birgalikda Navro‘z bayramida ishtirok etdik! 24:48 Nihoyat, Orol dengizidamiz! 26:49 Qachonlardir suvostida bo‘lgan kanyonlar 28:28 “Odamlar dengizni quritdi!“ 30:41 Vanihoyat, suv ko’rindi! 32:51 “Yo’q, bolalar, siz sezmadingiz... Orol quriyapti...“ 33:43 Orol kundan kunga qurimoqda! 34:29 Tuzni ushlab qolayotgan saksovullar 35:17 “Hammasi tuz..“ 35:41 Mo’ynoq aholisi qanday yashaydi? 36:01 Hammasi boshqacha bo’lar edi! 36:29 Orolga nazar 37:08 Umid bormi?
Back to Top