O’zbekcha Nashida! | Ummatim deysizmu... Ya Rosululloh! - Nilufar bintu Ulugbek (no music)
﷽ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Muslimaatuz qoshidagi “Munshidaat“ guruhi a’zosi Nilufar bintu Ulug‘bekning youtube sahifasiga xush kelibsiz!
================
(Official video)
================
Kunlar o’taverar isyonlar aro
Shu asno yashayman tug’yonlar aro
Bir umid bor qalbim to’rida
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh
Sizga muhabbatla yashab o’tsam man
Uzlatda ko’p bo’lib botin poklasam
Ko’nglim bog’lasam, ko’zim yoshlasam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh
Ummatim deysizmu ummatim
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh
O’tkinchi dunyoga rag’bat qo’ygandim
Foniy lazzatidan mehr tuygandim
Robbimga qaytsamu, tavbaga o’tsam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh
Zohirim go’zal botinim vayron
Tilim biyronu, dil turar hayron
Dunyodan kechsamu, oxirat desam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh
Ummatim deysizmu ummatim
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh