Zinoning kasofati | zinodan qutilish | zinokor uchun 3 jazo
Parvardigori olam bandalariga mehribonligi tufayli bu dunyoda qaysi narsa yoki amal unga zarar bo‘ladigan bo‘lsa, o‘shalarning barchasini harom qildi. Hozirgi fanlar Alloh taolo bandasi uchun harom qilgan har bir narsani yoki amalni insoniyatga zarar ekanligini isbotlab kelmoqda va buni o‘zimiz ham bu dunyoda yashab hayot tajribamizda guvohi bo‘lmoqdamiz. Bashariyatning naslini buzadigan, Alloh taoloning g‘azabini qo‘zg‘aydigan, necha-necha chiroyli orzular bilan qurilgan oilalarni buzadigan harom amal, er xotiniga, xotin esa eriga qiladigan xiyonat — zinodir.
Alloh taolo bu haqida Qur’oni azimush sha’nda marhamat qilib deydi:
“Sizlar zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo‘ldir”(Isro, 32).
Zino deb, bir-biriga halol bo‘lmagan erkak va ayolning qo‘shilishligiga aytiladi. Bu harom amalni qilgan inson o‘zining Parvardigoriga qattiq gunohkor bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
“Alloh taolo nazdida shirkdan keyingi o‘rinda turadigan gunoh bu o‘ziga halol bo‘lmagan rahmga kishi nutfasini to‘kishidir”.
U zino fahsh ishdir, ya’ni behayolikdir, buzuqlikdir, sharmandalikdir va halokatga olib boruvchi amaldir. Ham oxiratini va ham dunyosini kuydiradigan amaldir.
Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Ey musulmonlar, zinodan saqlaninglar, chunki uning oltita yomonligi bor 3 tasi dunyoda va 3 tasi oxiratda: 3 ta dunyodagisi – chiroyligi ketadi, kambag‘alligi bardavom bo‘ladi va umri qisqa bo‘ladi. 3 ta oxiratdagisi – Allohning g‘azabi, yomon hisob va do‘zaxdir”.
Zino shunchalik kasofati yomon amalki, insonga eng katta zarari bu ham bo‘lsa uni iymondan ayiradi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
“Agar kishi zino qilsa, iymon undan chiqadi va unga soyabon kabi bo‘ladi. Agar zinodan bosh tortsa, iymon unga qaytadi”.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Zinokor zino qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri o‘g‘rilik qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘rilik qiladi. Ammo tavba qilsa qaytariladi”.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi, ularni gunohlaridan ham poklamaydi, ularga qaramaydi va ularga alamli azob bo‘ladi: zinokor qariya, yolg‘onchi rahbar va kibrli faqir”.
1 view
156
44
10 months ago 00:08:53 1
Zinoning kasofati | zinodan qutilish | zinokor uchun 3 jazo
12 months ago 00:35:07 1
ФОЗИЛ ҚОРИ БЕДАНА ҲАҚИДА РИВОЯТкобил кори марузалари фозил кори ака ука кайф харом эмас
1 year ago 00:18:06 1
Зинонинг 6 та касофати | Zinoning 6 ta kasofati |nuriddin hoji domla