Makkada nozil qilingan bu sura ellik ikki oyatdir. Bu surada ham Makka suralarining aksarisida bo’lgani kabi e’tiqod, vahiy, tavhid — Allohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va xususan qiyomat kunida bo’ladigan hisob-kitob va jazo-mukofot to’g’rilarida batafsil so’z yurtiladi.
Sura payg’ambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan birinchidan, hayotda zulmatlar -- egri-noto’g’ri yo’llar ko’p, nur — haqiqat yo’li esa tanho bo’lishi bayon qilinsa, ikkinchidan, o’sha yagona nurga faqat payg’ambarlar — Allohning elchilariga nozil bo’lgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso payg’ambarning o’z qavmi bilan bo’lgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.
Suraning «Ibrohim» deb atilishiga sabab unda payg’ambarlar otasi Ibrohim alayhis-salomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida mufassal hikoya qilinganidir.
1 view
188
48
10 months ago 00:17:54 1
14-Иброҳим (Ibrohim surasi)
11 months ago 00:00:54 1
Иброхим Ханиф Аш-Шишани❤️. Сура Аль-Бакара с 14 до 17 аята.