Son churrasi.

Kamroq uchraydi va Pupart boylamidan pastda joylashadi, ko’proq ayollarda (1:5) va chap tomonda kuzatiladi. Son churralari aksariyat churra hosil bo’lishiga anatomik moyillik tug’diradigan omillari bo’lgan ayollarda kuzatiladi, chunki ularning chanog’i katta, alohida qiyalikka ega, son halqasi o’lchamlari katta (anulus femoralis eni ayollarda 1,8 sm, erkaklarda esa 1,2 sm), oval teshik katta va uning yuqori shohi kaltalashgan. Diagnostikasi. Son churrasi Pupart boylamidan pastroqda son oval chuqurchasi zonasida, qov dumboqchasidan pastda lateral joylashgan kichikroq (yorg’oq yoki tuxumdek keladigan) shish bilan xarakterlanadi. U chovda og’riq bilan o’tadi, ba’zan dispeptik buzilishlar, qorinda bo’lishi yoki qabziyat bilan birga kechadi, aksariyat o’ng tomondagi churra sirpanuvchan bo’ladi. Joyiga kiritib bo’lmaydigan churra ichida ko’pincha charvi bo’ladi. Churraning hamma tipik simptomlari – kuchanishda kattalashadigan va yotganda yo’qoladigan bo’rtm
Back to Top