Shohimardonda chegarachilarga yangi majmua hamda xizmat uylari topshirildi

Shohimardonda chegarachilarga yangi majmua hamda xizmat uylari topshirildi Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘ida DXX chegara qo‘riqlash harbiy qismiga qarashli chegara qo‘riqlash bataloni uchun qurib bitkazilgan yangi majmua hamda xizmat uylari foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda viloyat sektorlari, xavfsizlik hamda mudofaa tizimlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila-a’zolari ishtirok  etdi. Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash, turmush sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada sarhadlarimiz daxlsizligi, osoyishtaligimizni ta’minlashni o‘z zimmasiga olgan harbiy xizmatchilar uchun barcha sharoitga ega zamonaviy turar-joylar qurib berilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatning So‘x, Rishton, Quva va Farg‘ona tumanlarida chegarachilar uchun yangi uylar qurilib, foydalanishga hududda qurilgan mazkur majmua va uy -joylar buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. 43 milliard so‘m mablag‘ hisobiga bitkazilgan majmua – ma’muriy bino, sport shaharchasi, stadion, qo‘shimcha binolar hamda asosiysi 96 ta xonadonli 4 ta zamonaviy turar joydan iborat.   Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlarning ilk kunlaridanoq mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va milliy armiyamiz qudratini oshirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olinganini qayd etib, dunyodagi bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni saqlash, sarhadlarimiz xavfsizligini ta’minlashda Qurolli kuchlarimizning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga e’tibor qaratdi. –Harbiylarimiz  o‘z xizmat burchlarini namunali o‘tashlari, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash uchun munosib  shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir, –dedi viloyat rahbari. –Mazkur yangi xonadonlar, chegarachilarimizning ruhini ko‘tarib, kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z xizmat vazifalarini xotirjam, ko‘ngillari to‘q bo‘lib bajarishida, yanada sadoqat va vatanparvarlik hissi bilan jonajon Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlashida muhim omil bo‘ladi. Barchangizga yangi uylar muborak bo‘lsin.  Ramziy lenta qirqilib, yig‘ilganlar harbiy qismda hamda xonadonlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. , (surat), O‘zA muxbirlari.
Back to Top