Mirziyoyevni “haqoratlovchi“ izoh yozgan tarmoq foydalanuvchisi 2,5 yilga qamaldi
Инстаграмда президент Шавкат Мирзиёев ҳақида танқидий пост ёзган 19 ёшли йигит икки ярим йилга қамалди.
26 октябрь куни Самарқанд вилояти Каттақўрғон тумани суди Дилшод Искандаровни Ўзбекистон Жиноят кодексининг 158-моддаси, 3-қисми - “Ўзбекистон президентини омма олдида ҳақоратлаш ёки унга туҳмат қилиш“да айбдор деб топди.
Озодликда нусхаси мавжуд суд ҳукмидан маълум бўлишича, Искандаров шу йил ўрталарида Россияда бўлган пайтда Инстаграм ижтимоий тармоғида “President family” номли видеолавҳа остида “avlodinggiga …” (имло ўзгаришсиз берилмоқда - таҳр.) деган изоҳ қолдирган.
Ўзбекистон Адлия вазирлиги ҳузуридаги суд экспертиза маркази мазкур постда “президентни ҳақоратлаш, обрўсизлантириш билан боғлиқ ҳаракатлар мавжуд”, дея хулоса берган.
🔴 kanaliga obuna bo’ling!
🔴 Bizga xabar yo’llash uchun 👉 @ozodnews
Instagramda prezident Shavkat Mirziyoyev haqida tanqidiy post yozgan 19 yoshli yigit ikki yarim yilga qamaldi.
26-oktabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani sudi Dilshod Iskandarovni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 158-moddasi, 3-qismi - “O‘zbekiston prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish“da aybdor deb topdi.
Ozodlikda nusxasi mavjud sud hukmidan ma’lum bo‘lishicha, Iskandarov shu yil o‘rtalarida Rossiyada bo‘lgan paytda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida “President family” nomli videolavha ostida “avlodinggiga …” (imlo o‘zgarishsiz berilmoqda - tahr.) degan izoh qoldirgan.
O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi sud ekspertiza markazi mazkur postda “prezidentni haqoratlash, obro‘sizlantirish bilan bog‘liq harakatlar mavjud”, deya xulosa bergan.
Uzbek | Uzbekistan | O’zbekiston | O’zbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |
#ozodlik #mirziyoyev #tarmoq #qamoq #uzbekistan
1 view
81
31
1 year ago 00:10:56 1
Mirziyoyevni “haqoratlovchi“ izoh yozgan tarmoq foydalanuvchisi 2,5 yilga qamaldi