Davlat Dumasi deputati: Ruslar bilan yashashdan ko’ra migrantlar bilan yashash xavfsizroq
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fyodorovning aytishicha, muhojirlar o‘rtacha Rossiya fuqarosiga qaraganda kamroq jinoyat sodir etadi. Statistik ma’lumotlardan foydalanib, u o’z fikrini bildirgan va ularning iqtisodiyotga qo’shgan hissasi juda muhim ekanligini ta’kidlaydi.
Fyodorovning tushuntirishicha, muhojirlar sonining qisqarishi ishchilar taqchilligiga olib keladi, bu hatto strategik ahamiyatga ega sohalarga ham ta’sir qiladi. Uning muhojirlarga qarshi kurashni ichki frontga putur yetkazish bilan qiyoslagani rossiyaliklarning keskin tanqidiga sabab bo‘lgan.
Fuqarolar va hamkasblarning salbiy fikrlariga qaramay, Fyodorov o’z pozitsiyasini himoya qilishda davom etmoqda. U o‘zining Telegram’dagi kanalida mehnatkash muhojirlarni maqtab: “Ijtimoiy tarmoqlarda yalqovlar laqillab o‘tirgan paytda migrantlar ishlayapti. Ofarin!“ – deb yozgan.
Biroq, deputat uning so’zlari ko’pincha noto‘g‘ri qabul qilinishi va u ba’zi gaplari kontekstdan yulib olinganini bir necha bor ta’kidlagan.
1 view
167
30
1 day ago 00:00:38 2
Davlat Dumasi deputati: “Ruslar bilan yashashdan ko’ra migrantlar bilan yashash xavfsizroq“
1 day ago 00:00:56 3
Rus tilini bilmaydigan migrantlarning bolalari Rossiya maktablariga qabul qilinmaydi. Faqat...
1 day ago 00:01:10 1
“Gʻarb maxsus xizmatlari Rossiyani muvozanatdan chiqarish uchun migratsiyadan foydalanyapti“ - Andrey Lugovoy
2 months ago 00:05:32 1
Migratsiya tartibi yanada kuchaytiriladimi? Dumaga kiritilgan 5 ta qonun haqida @migrantuzb
1 year ago 00:01:00 81
Тарихий сана: 21 июль – Болтиқбўйи мамлакатлари СССР таркибига кирган кун
2 years ago 00:03:29 1
Шавкат Мирзиёев Россия Давлат Думаси раиси Вячеслав Володинни қабул қилди
2 years ago 00:02:11 34
Rossiya Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi boshchiligidagi delegasiya tashrifi
2 years ago 00:03:00 458
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Davlat Dumasi Raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi