USTOZ SHERALI JOʻRAYEV AVVALGILARGA OʻXSHAMAS KONSERT DASTURI

#Sheralijõrayev #Shohijahon #Zokirshoh #Jõrayevlar AVVALGILARGA OʻXSHAMAS Charx avzoyi bu dam avvalgilarga o`xshamas, Ko`nglum ichra dardu g`am avvalgilarga o`xshamas, Kotibu davru raqam avvalgilarga o`xshamas, Endi inson qadri ham avvalgilarga o`xshamas, Kim ul oyning hajri ham avvalgilarga o`xshamas. Har kishikim bir ulug` ishga etibdir jon nisor, Shiddati pastu baland kelganda ham bo`lmaydi or, Ey falak, {x2} hech kimni etma besamar yo`llarda xor, Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o`zga yor, Ne sitamkim, bu alam avvalgilarga o`xshamas. Ona Sharq tojin kiyur, zulmatda ushlatmang meni, Bodayi haq mastiman, yolg`onga uyg`atmang meni, (x2) O`z xayolimga qo`ying, o`zgaga ishlatmang meni, Ishq aro Farhod ila Majnunga o`xshatmang meni, Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarga o`xshamas. Ona Sharq tojin kiyur, zulmatda ushlatmang meni, Bodayi haq mastiman, yolg`onga uyg`atmang meni, O`z xayolimga qo`ying, o`zgaga ishlatmang meni, Ishq aro Farhod ila Majnunga o`xshatmang meni, Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarga o`xshamas. Kotibu davru raqam avvalgilarga o`xshamas, Endi inson qadri ham avvalgilarga o`xshamas. Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana, Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana, Nafs ipiga bog`lidur ruh iplarin uzgan tana, Ko`yining ehromidan ko`nglimni man etmang yana, Kim anga azmi haram avvalgilarga o`xshamas. So`kmak o`tganlar ishin notavonlar rasmikim, O`z zamonin rost etar qavmi mardlar asli kim, Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim, Ey Navoiy, qilma Jamshidu Faridun vasfikim, Shoh G`oziyga karam, avvalgilarga o`xshamas.
Back to Top