Teshilgan gastroduodenal yaralar

Teshilgan gastroduodenal yaralar Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yaralari perforatsiyasi – yara kasalligining eng xavfli asoratlaridan biridir: turli mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra ular 3 dan 30 foizgacha uchraydi. Yaralarning teshilish sabablari har xil. Ko’pincha bundan oldin yara atrofidagi yallig’lanish jarayoni qo’ziydi, simptomlar kompleksi kuchayadi («prodromal» davr), ba’zan qorin ichidagi bosim oshadi. Yara teshilishi mehnatga layoqatli yoshda (20-50 yosh) uchraydi. Yoshi ulg’aygan va keksa odamlarda yara perforatsiyasi unchalik ko’p kuzatilmaydi. Yarasi teshilgan bemorlarda davomli «yara» anamnezi kuzatiladi, biroq yoshlarda (30 yoshgacha) teshilish batamom tinch sharoit fonida paydo bo’ladi («soqov» yaralar teshilishi). Bemorlarning 80-85 foizida o’n ikki barmoqli ichak boshlang’ich bo’limining oldingi devoridagi yara, kamroq – me’da pilorik bo’limidagi yara teshiladi. Kasallik patogenezida me’da va duodenal suyuqlikning ozod qorin bo’shlig’iga do
Back to Top