Bugun Fargʻona shahrining eng gavjum joylarida fuqarolar reaksiyasini bilish uchun bayroq bilan harakatlandim.
Bunga sabab Qashqadaryo(Qamashi tumani)da IIB xodimlari bayroq koʻrinishidagi tasma taqqan bitiruvchiga maʼmuriy jazo qoʻllanganligi.
Shaharning eng gavjum nuqtalari - viloyat hokimligi, viloyat IIB boshqarmasi, Sanʼat saroyi hududi, markaziy xiyobonda boʻldim, rasmlarga tushdik.
Odamlar uchun bayroq erish tuyulmoqda. Avvalgi 3 manzilda hech qanday reaksiya boʻlmadi( organ xodimlari tomonidan ham, oddiy fuqarolar tomonidan ham).
Soʻnggi manzil - Markaziy xiyobonda biroz qiziq ishlar boʻldi. Bu joyda bayroqni koʻrib bir necha kishi bayroq bilan rasmga tushishni soʻrashdi(ular haqida alohida post qilaman).
Shuningdek bu yerda Milliy Gvardiya xodimlari ustimga tashlab olgan bayroqni bunday holatda olib yurish qonun buzilishi ekanini aytishdi, men bunga qonuniy asos soʻradim. Bir muddat oʻtib, harakatimni davom ettirishim, qonunbuzarlik qilmaganimni aytishdi(hech qanday qoʻpollik boʻlmadi).
Eslatma: Jamoat joyida bayroq olib yurish qonunbuzarlik emas! Bayroqni oyoqosti qilish mumkin emas xolos. Uni oddiy holat(yelka, bosh, qoʻl)da olib yurish qonun buzilishi emas.
Murojaat uchun: 998996961000
Telegram:
Facebook:
Instagram:
TikTok: @olimjonhaydarov
Twitter:
#OlimjonHaydarov #siyosat #xalqdardi
1 view
839
369
5 months ago 00:01:44 1
Milliy gvardiya Jasur o’g’lonlari
9 months ago 00:01:26 1
«Milliy gvardiya xodimlarini otdi» — Prezident Nukusdagi holat haqida
9 months ago 00:01:43 1
Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazgan yigit javobgarlikka tortildi (Toshkent v)
11 months ago 00:01:30 1
14=ЯНВАР ВАТАН ХИМОЯЧИЛАРИ КУНИ ТАБРИГИ/VATAN XIMOYACHILARI KUNI HAQIDA SHER
1 year ago 00:00:54 1
Milliy Gvardiya Bayroq uchun to’xtatdi....
2 years ago 00:01:30 1
Qoʻl jangi boʻyicha “Milliy Gvardiya qoʻmondoni kubogi”da IIV umumjamoa hisobida birinchilikni oldi