Islom sivilizatsiyasi markazi fondini boyitish muhokama qilindi
#oav_biz_haqimizda
Toshkent shahrida “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” mavzusida Oʻzbekiston olimlari forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida hozirda qurilishi davom etayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi fondini boyitish boʻyicha olimlar, muzey va kutubxona vakillari oʻrtasida muhokamalar tashkil etildi. Takliflar bildirilidi.
Rejaga koʻra, markazning katta qismi “Islom sivilizatsiyasi tarixi” muzeyi uchun ajratiladi. Muzey tarixiy voqealar xronologiyasi asosida 9 ta boʻlimni oʻz ichiga oladi. Ular “Qurʼon zali”, Markaziy Osiyoda islomgacha boʻlgan davr, mintaqaga islomning kirib kelishi, taʼlim, ilm–fan, hunarmandchilik va sanʼat, meʼmorchilik, anʼanalar tarixi, Yangi Oʻzbekiston boʻlimlardir.
Shu bilan birga, markazda tarixiy anʼanalar va zamonaviy texnologiyalarni oʻzida jamlagan kutubxona quriladi. Islom sivilizatsiya markazi Hastimom, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, Xalqaro islom akademiyasi bilan birga yondosh yaxlit majmua hosil qiladi. Forum doirasida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
1 view
202
51
5 months ago 00:08:06 1
Islom sivilizatsiyasi markazi fondini boyitish muhokama qilindi
6 months ago 00:11:25 1
“Islom sivilizatsiyasi markazi KЕCHA, BUGUN VA KЕLAJAKDA“ nomli ilmiy - amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
9 months ago 00:10:08 1
Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yilning birinchi choragidagi faoliyati tahlili
9 months ago 00:10:20 1
Islom sivilizatsiyasi markazining brifingi
1 year ago 00:20:11 1
“Muzey, ochiq kutubxona va anjumanlar zali“ – Мarkaz qachon bitadi va unda nimalar boʻladi?