Farzandim 2

Yig’i to’la allam bor aytib beraymu bola... Buncha nozik bo’lmasang Gulga o’raymu bolam Yig’i to’la allam bor Aytib beraymi bolam.. Yetti daryo yuvsa ham, Ketmas dog’im bor meni, Nokas otgan toshlarga, To’lgan bog’im bor meni... Mo’ltirama ko’zimga Bo’ldi ko’nglim ezmagin Men sen uchun tosh tishlay Sen oroming buzmagin... Do’lonadek to’kilgan Yuragi bor onangni Sendan boshqa kimga ham Keragi bor onangni.... Yolg’izlik bu jonimni Yonar o’tga otdiyey Yaxshi yorim degani Yomon kunga sotdiyey... Suyanganimsan bolam Ishonganimsan bolam Buncha nozik bo’lmasang Gulga o’raymu bola
Back to Top