Moskva oblastining Ramenskoe shahridagi spirtli ichimliklar do‘koni direktori aroq o‘g‘risini urib o‘ldirgani aytilmoqda. O‘g‘ri qo‘lga tushganidan keyin uni omborga olib kirib, do‘pposlashgan va bo‘g‘ib o‘ldirishgan. O‘g‘ri 350 rubl turadigan aroqni o‘g‘irlagan edi, deb yozadi “Mash“ telegram kanali.
“Mash” ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 30-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Halok bo‘lgan 49 yoshli Timur V. do‘kondan spirtli ichimlikni olib chiqishga uringan, lekin qo‘riqchilar uni qo‘lga olib, omborga olib kirishgan. Shundan keyin do‘kon direktori – 31 yoshli Muhammadjon X. o‘g‘rini kaltaklash uchun aralashgan. Muhammadjon o‘g‘rini qattiq do‘pposlab, so‘ng uni bo‘g‘ib o‘ldirganlikda ayblanmoqda.
Hozirda Muhammadjon qo‘lga olingan. Xabar qilinishicha, Moskva viloyati Tergov qo‘mitasi qotillik bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.
1 view
175
50
19 hours ago 00:01:13 1
Bir shisha aroq bir odamning o‘limiga sabab bo‘ldi
1 year ago 00:08:24 1
ЭТОТ РЕЦЕПТ ПОКОРИЛ МИЛЛИОН СЕРДЕЦ! БЕЗ ЯЙЦА И МОЛОКА. ТЕПЕРЬ ГОТОВЛЮ ТОЛЬКО ТАК. СЛАДОСТЬ ЗА 5 МИН.