Girya - o’zbek mumtoz musiqasiga mansub ikki qismli ashula

Гиря - ўзбек мумтоз мусиқасига мансуб икки қисмли ашула. Юнус Ражабий номидаги мақом ансамбли ижро этган / Girya - o’zbek mumtoz musiqasiga mansub ikki qismli ashula. Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli ijro etgan GIRYa (fors. — yig’i, o’kirik) — o’zbek mumtoz musiqasiga mansub ikki qismli ashula turkumi. 1-qismi Chapandoz, 2-qismi esa Talqincha doira usullarida. Parda tuzilishi va bosh ohangi Shashmaqomniig Segoh maqomiga mos keladi. Girya lirik asar bo’lib, mahbubaga yetish yo’lidagi mashaqqatlarni aks ettiruvchi g’azallar bilan aytiladi. Ilgari diniy mazmundagi she’rlar bilan ham aytilgan. Cholg’u kuy sifatida ham yakka sozlarda (ko’proq tanbur, dutor va g’ijjakda), ham turli ansambllarda ijro etiladi. S. Yudakov vokalsimfonik asarlarida, Sayfi Jalil va R. Hamroyev simfoniyalarida «Girya1» dan foydalanishgan, B. Umidjonov uni jo’rsiz xor uchun qayta ishlagan. ГИРЯ (форс. — йиғи, ўкирик) — ўзбек мумтоз мусиқасига
Back to Top