Oʻ #2| AQSH & Kanada. Viza olish qiyinligi nolegal boʻlish variantini oqlaydimi?

Oʻ loyihasining ikkinchi epizodida mikrofon qarshisiga oʻz ishining professionallari, immigratsiya masalalari boʻyicha advokatlar Rahmad Sobirov (Kanada) va Mirakmal Niyazmatovni (AQSH) taklif qildik. Unda koʻtarilgan mavzulardan ayrimlari: Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada immigrantlar uchun zoʻr joymi? Shu ikki davlatda qonuniy va hujjatsiz immigrantlarga munosabat qanday? Bizning vatandoshlarni faqat fojia birlashtiradimi? Amerikaga Meksika orqali kirishning oqibatlari qanday boʻladi? Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov. Podkast bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi. Uzbekistan’s Club oʻz tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratishdagi ishonchli hamkorlari boʻlmish — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brend
Back to Top