Nuh alayhis-salom (arab. نوح) Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Injildagi Noyga to‘gri keladi. Qur’onga ko‘ra, Alloh Nuh alayhis-salomni o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborgan. Nuh alayhis-salom o‘z qavmi ichida uzoq umr ko‘rdi, yaʼni, 950 yil yashadi (Ankabut surasi, 14-oyat). U turli iloxlarga, butlarga sig‘ingan qavmini to‘g‘ri yo‘lga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga daʼvat etdi. Lekin qavm uning so‘ziga kirmadi, uni masxara qildi. Nuh alayhis-salomning daʼvatiga hatto o‘zining xotini va bir farzandi ham ishonmadi. Shunda Nuh alayhis-salom Allohdan yordam berishni, kofirlarni jazolashni so‘radi (Shuaro surasi, 118-119-oyatlar). Alloh uning iltijosini qabul etib, Nuh alayhis-salomga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda ko‘p yomg‘ir yog‘dirdi, yerning hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qo‘shilib ulkan to‘fon paydo bo‘ldi. To‘fonda barcha kofirlar halok bo‘ldi, faqat kemadagilar sog‘ qoldila
15 views
7395
3385
11 months ago 00:31:15 1
7 ФEВРАЛЬ ШОМДАН МEЪРОЖ КEЧАСИ КИРАДИ. НИМА ҚИЛИШ КEРАК? Меърож ва исро кечаси Me’roj va isro