36-Ёсин (Yasin surasi)

Sakson uch oyatdan tashkil topgan bu sura ham Makkada nozil bo’lgandir. U Qur’oni Karimga qasam-la Muhammad alayhis-salomning haq payg’ambar ekanliklarini tasdiqlash bilan boshlanib, so’ngra u Zotni yolg’onchi qilgan Quraysh kofirlari va ularning topajak oqibatlari haqida xabar beradi. Bu surada Alloh taoloning Antokiya shahriga yuborgan elchilari va shahar ahli ularni yolg’onchi qilganlari sababli halokatga duchor bo’lganlari to’g’risida hamda o’sha yerdagi iymon keltirganligi sharofatidan Allohning marhamatiga sazovor bo’lgan Habib an-Najjor ismli bir solih banda haqida hikoya qilinadi. Yana bu surada o’quvchi e’tibori kecha bilan kunduzning almashib turishidagi; oy va quyoshdek buyuk sayyoralarning biron soniya tinim bilmasdan o’z fazolarida o’ta nozik intizom bilan aylanib turishlaridagi Yaratganning qudratiga dalolat qiladigan jihatlarga qaratiladi. Bu surada iymon va taqvo ahli uchun hozirlab qo’yilgan jannat man
Back to Top