Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari

Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari kelib chikishiga ko’ra epitelial va noepitelial turlariga bo’linadi. Ularning har biri o’z navbatida xavfli va xavfsiz turlarga bo’linadi. Xavfli o’smalardan eng ko’p uchraydigani – me’da saratoni hisoblanadi (98%). Me’da o’smalari. Me’da saratoni – me’da shilliq qavati epiteliy hujayralaridan kelib chiqqan xavfli o’smadir. Bemorlarning ko’p kismi 50352 yoshdan oshgan bemorlar guruhiga kiradi. Erkaklar ayollarga nisbatan ko’prok kasallanadi. Jarrohlik usulida davolash samaradorligi kasallikni kech aniqlanishi sababli pastligicha kolmokda. Kasallikni erta bosqichlarida radikal jarrohlik amaliyoti o’tkazish to’liq sog’ayishga olib kelishi mumkin. Jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilash o’sma kasalliklarini erta aniqlash orqali amalga oshiriladi
Back to Top