“O‘zbeklar 1917-yilgacha mavjud bo‘lmagan“. Rossiya telekanallari va milliy kontent
Владимир Путиннинг босқинчилик сиёсатининг асосий тарғиботчиси ва ташвиқотчисига айланган Россия давлат телеканаллари “ўзбеклар миллат сифатида 1917 йилгача мавжуд бўлмаганини” исботлашга уринмоқда ва “Ўзбекистонни босиб олиш ва ичкарида туриб мигрантларни тарбиялаш” таклифини илгари сурмоқда.
Россияликлар учун империячилик, шовинистик ва миллатчилик руҳида қилинаётган бу каби баёнотлар, чиқишлар одатий ҳолга айланган. Аммо сўнгги пайтларда Россиянинг империячилик оҳанги қаршисида сукут сақлаб келган Ўзбекистон ҳам Москва билан дипломатик можарони четлаб ўтолмади. Тошкентлик журналист ва ректор Шерзодхон Қудратўжанинг чиқиши яна бир бор рус телеканалларининг ахборот тажовузига жамоатчилик эътиборини қаратди.
Бу чиқишлар ўзбек жамиятида нафақат Россия ОАВни, балки рус тилидаги таълимни ҳам чеклаш ҳақидаги муҳокамаларга сабаб бўлди.
🔴Ozodlik kanaliga obuna bo’ling! 👉
🔴 Bizga xabar yo’llash uchun 👉
Vladimir Putinning bosqinchilik siyosatining asosiy targ‘ibotchisi va tashviqotchisiga aylangan Rossiya davlat telekanallari “o‘zbeklar millat sifatida 1917-yilgacha mavjud bo‘lmaganini” isbotlashga urinmoqda va “O‘zbekistonni bosib olish va ichkarida turib migrantlarni tarbiyalash” taklifini ilgari surmoqda.
Rossiyaliklar uchun imperiyachilik, shovinistik va millatchilik ruhida qilinayotgan bu kabi bayonotlar, chiqishlar odatiy holga aylangan. Ammo so‘nggi paytlarda Rossiyaning imperiyachilik ohangi qarshisida sukut saqlab kelgan O‘zbekiston ham Moskva bilan diplomatik mojaroni chetlab o‘tolmadi. Toshkentlik jurnalist va rektor Sherzodxon Qudrato‘janing chiqishi yana bir bor rus telekanallarining axborot tajovuziga jamoatchilik e’tiborini qaratdi.
Bu chiqishlar o‘zbek jamiyatida nafaqat Rossiya OAVni, balki rus tilidagi ta’limni ham cheklash haqidagi muhokamalarga sabab bo‘ldi.
#ozodlik #uzbekistan #tashkent #rossiya #propaganda
1 view
1064
310
9 months ago 00:25:05 1
“O‘zbeklar 1917-yilgacha mavjud bo‘lmagan“. Rossiya telekanallari va milliy kontent